Смекни!
smekni.com

История Бахтиёра (стр. 3 из 3)

Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi. Germaniyaning g’arbdagi fronti yorib o’tildi va Antanta qo’shinlari uchun Germaniya hududiga yo’l ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlarida ittifoqchilarning ko’p millatli ekspediciya korpusi bolgar qo’shinlari mudofaa chiziq’ini yorib o’tdi va oktyabrda Dunay soxillariga chiqdi.Avstriya qo’shinlari Vitoriyo Veneto yaqinida 1918 yil sentyabrida mag’lubiyatga uchradilar. Germaniya boshchiligidagi To’rtlat ittifoqi harbiy jihatdan mag’lub bo’lib, tarqalib ketdi.

Germaniya oliy qo’mondonligi shundan keyen mag’lubiyatdan qochib qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni o’z qo’lida tutgan Germaniya bosh shtabi boshlig’i general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy mag’lubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash yo’llarini qidira boshladi. Kelajakda mag’lubiyat mas’uliyati harbiylarga, armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun bu ishni hal qilishga hozir bo’lgan fuqaro shaxslar, diplomatlar va amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulx tuzulishini talab qilmoqda edi. Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilson muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish taklifini qat’iyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu taklifini qabul qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni yo’qlab chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy hukumati tuzildi.U Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning avtoritar tartiboti vakili edi.

Bu orada Antanta qo’shinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar va Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bo’la boshladi.

1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin e’lon qilindi.

28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi. (1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina Ukrainaga, Galiciya Polshaga qo’shliganligini bildirdi

31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar ag’darib tashlandi hamda Avstriya va Vengriya respublikalari tuzildi. Ular Antanta mamlakatlari taklif etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.

1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda Avstro-Vengriya taslin bo’ldi.30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv bitimiga ko’ra, uning qo’shinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi, turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostiga o’tishi lozim edi.

1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini imzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qo’shinlar qo’mondonligi Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasini boshlash haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi

1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika e’lon qilindi.Oradan ikki kun o’tgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen o’rmonida, Yevropadagi Antanta qo’shinlari bosh qo’mondoni francuz marshali Foshning vagon qarorgohida Germaniya hay’ati o’z hukumati nomidan yarashuv haqidagi, amalda Germaniyaning mag’lubiyati borasidagi bitimni imzoladi.

Xulosa

Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosan urushayotgan mamlakatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har bir davlatning hoh u yirik bo’lsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelgan ba’zi bir qulay vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urush davomida va ungacha bo’lgan paytda asosan ikki blok Antanta va Germaniya boshchiligidagi blokning o’zlariga ittifoqchilar axtarish, urushning borishini o’z foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealar qanday rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech bir urushyotgan davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlat qatnashib, ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan oshdi.Qurbon bo’lganlar va yaralanganlar soni esa 18 million kishini tashkil etdi.

Foydalangan adabiyotlar

1. “1914 yil 1 avgust”, Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.

2. “Yangi va eng yangi tarix”, Popov E. I., Moskva.

3. Yevropa tarixi,Koll. avtorov.,M.,1986-1996

4. Eng yangi tarix XX asr, Kreder A.A, M., 1996

5. Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000


[1] “Mejdunarodniyi otniosheniya…”,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.