Shu bilan faol jangovor harakatlar to’htab qoldi. Butun yil davomida mantiqsiz turg’un urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.
Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya atrofidagi bo’g’ozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning ittifoqchilari o’z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo berishga majbur bo’lishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya bilan ittifoqchi bo’lish tarafdori bo’lgan kishi bilan almashtirishlari mumkin edi.Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra o’sha paytda rus podshosi saroyida qirolicha boshchiligida nemis saroyini qo’llab quvatlovchi katta firqa mavjud bo’lgan.
1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol va unga tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining g’arbiy qismini, Gallipol yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning qo’liga bo’g’ozlar o’tishi evaziga Angliya Eronning neytral deb e’lon qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qo’liga cheksiz neft zaxiralarining o’tishiga olib kelar edi.
Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning uchun Turkiyani bo’lib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabat bildirgan edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi yerlaridan katta ulush olishini mo’ljallagan Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasi shartlariga rozi bo’ldi.
Dardanel bo’yidagi operaciyaning barbod bo’lishi Antanta ittifoqchilarini G’rbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majbur qildi. Germaniya ham Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi Franciyaga uning eng mustahkam mavqei – Verden qal’asi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil 21 fevralda germaniyaning 5-armiyasi ulkan harbiy operaciyani boshladi. Hujumdan oldin francuz istehkomlari to’plardan shiddatli o’qqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning qizi Berta nomi bilan “Katta Berta “deb atalgan o’ta kuchli to’plar bilan jami 850 ta og’ir to’p ishga tishdi. Jangda Evropaning eng qudratli ikki armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g’urur tuyg’usi junbushga keldi.Franciya qo’mondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar so’nggi nafaslarigacha jang qildilar.Verden Franciyaning va francuz armiyasining ruxini ko’tardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil 21 dekabrgacha davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Franciya va Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yo’qotdi.
Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol o’ynadi. Bu yerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichi general Brusilov qo’mondonligidagi rus armiyasining Janubiy-G’arbiy frontga hujum boshlashi va Avstriyaning 1,5 millonga yaqin askar va zobitini yo’q qilishi bilan yakunlandi.Shundan so’ng Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilish qobiliyatini yo’qotdi, Germaniya esa tezda bu frontga o’zining asosiy zaxira kuchlarini tashlashga majbur bo’ldi.
Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda Antanta ittifoqchilari Somma daryosi bo’yida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km bo’lgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya to’plari deyarli etti kun davomida german qo’shinlarini o’qqa tutdi.1916 yil 1 iyulda Britaniya ko’ngilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni 100 mingdan ortiq edi, ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur ko’milgan nemis pulemetlarining shiddatli o’tiga duch keldi. Nemislarning talafoti ko’p edi, ammo inglizlar ham jami o’lganlar va yaralanganlar bilan 50 mingdan ortiq kishini yo’qotdilar. Bu mantiqsiz qonli qirg’inda hech qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.
1916 yili Yevropada hammasi bo’lib 2 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi, ammo urushda o’zgarish bo’lmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy manbalari yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali bo’ldi. Qamal tufayli Germaniya oziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning o’zidagi zaxiralari bilan kifoyalani9shga majbur bo’ldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun yetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u o’z mustamlakalari manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.
Rossiyadagi ahvol juda og’ir edi. Uning hom – ashyosi va inson manbalari yetarli bo’lsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali foydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining tamomila izdan chiqqanligi, harbiy idoralardagi o’g’rilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy tuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.
Bolgariyaning urushga qo’shilishi
Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi kurash bilan birga Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning ahmayati katta edi. Birinchidan Bolgariya eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan o’zining qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham Greciyaga va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar Bolgariya Germaniya tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida qolar edi va Ruminayaning Antantaga kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar Bolgariya Antantaga qo’shilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi va Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.
Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning dastlabki kunlaridan bolgariyani o’ztaraflarida urushni boshlashga harakat qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov shuning uchun ham Bolgariyani Rossiya tarafiga og’dirish uchun ko’p zo’r berdi. Antanta Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham bo’lsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni qaytarib berishga ko’ndirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab serb va grek hukumatlariga Bolgariyaga ba’zi bir yon berishlarga borishini so’rab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni so’rash mantiqqa to’g’ri kelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya tarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa Greciya Bosh vaziri Venizelos Antanta tarafdori bo’lsa-da, Greciya urushga o’zining ashaddiy dushmani bo’lgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga kirmasligi aniq edi.
Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va neytral Greciyaning axvoliga ko’ra uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh vaziri Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning evaziga agar Antanta g’alaba qozonadigan bo’lsa, Serbiya Avstriyaga tegishli bo’lgan bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi kerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani ko’ndirish juda qiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani talab qilayotgan edi.Bunga serblar “Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga berguncha, butun Serbiyani Avstriya bergan maqul “ deb javob berdilar.
Germaniyaning Bolgariyadagi ta’siri juda katta edi.qirol Ferdinand ularning tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va uning ittifoqchilari Bolgariyaga butun Makedoniyani, eski Serbiyani va agar Ruminiya Antantaga qo’shilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga vada berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya neytral vaziyatda qolishni afzakl topdi.
Bolgariya uchun bo’lgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning o’zgarishi hal qildi. Dardanel operaciyasining mag’lubiyatga uchrashi, rus armiyasining sharqiy frontdagi og’ir mag’lubiyati va Avstriya va Germaniya qo’shinlarining Serbiyaga qarshi katta qo’shin yuborishi ham bolgar hukmron doiralarining qo’rquvini bosdi. Qirol Ferdinand va uning tarafdorlari katta o’ljalar vada berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bo’lgan Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni Turkiya – Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-Vengriya o’rtasida o’zaro ittifoqchilik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shunday qilib “To’rtlat ittifoqi” tuzildi.
Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi? Germaniya tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga saylovlar natijasida hukumat tepasiga yana Venizelos keldi. O’sha yili sentyabrda Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tug’ilganda grek bosh vaziri Serbiyaga yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun ittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jo’natishlari kerak edi.
Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo francuz qo’mondoni Joffer bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Aytilgan qo’shinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar o’rtasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni lavozimidan ozod etdi va Greciya yana o’z neytralitetini e’lon qildi.Salonikiga hali bor yo’g’i 80 ming kishilik armiya tashlangan edi. Bundan foydalangan Bolgariya qo’shinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum qildi. Bir paytning o’zida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya qo’shinlari hujumga o’tdi. Ittifoqchilarning Salonikidagi qo’shinlari Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi to’la mag’lubiyatga uchradi va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.
Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya
Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning natijasida Yaponiya Germaniyaning Xitoydagi va Tinch okeanidagi mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorlana boshladi.
!914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon siyosatining mazmunini ommaga anglatish uchun nutq so’zladi. 1914 yil 15 avgust kuni Yaponiyaning Germaniyaga qo’ygan ultimatumiga ko’ra Yaponiya o’sha paytda Germaniyaga tegishli bo’lgan Czanchjouni Xitoyga qaytarib berish maqsadida olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif Germaniyaga faqat mojaroning tinch yo’l bilan hal qilish umidida qilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga ko’nmadilar va “endi Czanchjou taqdiri urush tugagandan so’ng hal qilinadigan bo’ldi.Yaponiya hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat olgani yo’q.” [1]
Umuman olganda Yaponiya Uzoq Sharqda faqat Germaniya yerlari bilan cheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan edi.1915 yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi jo’natiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga 5 qismdan iborat bo’lgan 21 moddali talablari joy olgan edi.
Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan Yaponiya tasir doirasiga aylantirishni ko’zda tutar edi. Bu gurux talablarning eng muximida shunday deyilardi:”Xitoy hukumati Shandun provinciyasi borasida Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidan qat’iy nazar ilgari Germaniya bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalar sababli hamma shartlarga to’la rozilik berish majburiyatini oladi.
Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan taqdirni sharqiy Mo’g’uliston, Janibiy Manjuriya boshiga solishni nazarda tutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yo’llarining ijaraga olish muddati yana 99 yilga cho’zilishi ko’zda tutilgan edi. Undan tashqari yapon fuqarolari Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mo’g’ulistonda yangi yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin ko’chib kelish va u yerlarda sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shug’ullanish huquqini olar edilar. Xitoyga tog’-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berish taklif qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbu hududlarda temir yo’llar qurilishi bo’yicha boshqa davlatlarga koncessiyalar bermaslik majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy Yaponiyaga Girin – Chanchun temir yo’lini nazorat qilish va boshqarishni topshirishi kerak edi.
Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta imtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi, ko’mir-metallurgiya kombinatini aralash xitoy-yapon jamiyatiga aylantirish mo’ljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy o’z tashabbisi bilan bu kompaniyaga berilgan haq-huquqular va mol-mulkdan foydalanoshi taqiqlanadi va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgacha berilishi kerak edi.Xanyonin kompaniyasiga uning korxonalari atrofida joylashgan tog’-kon resurslaridan foydalanishga monopol huquq berilgan edi.
To’rtinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida Xitoyning hududiy yaxlitligini taminlash haqida gap borar edi. Aslida esa bu Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.
Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbu talablarning qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabul qilishni anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar:”1-modda. Xitoy hukumati muhim iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar bo’yicha yapon mutaxasislarini maslahatchi tarzida taklif qiladilar.” 3-modda.”Xitoyning markaziy joylarida policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishi yoki u yerda policiyachilar asosan yaponlardan iborat bo’lishi kerak .” 4-modda.”Xitoy Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bo’lgan malum miqdordagi qurol-aslaha sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning o’zida yapon-xitoy arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan texnik ekspertlar taklif qilinishi va yapon materiallari sotib olinishi mumkin.” Huddi shu yerda Xitoyning Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasiga kiritishni nazarda tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulay geostrategik nuqtada joylashgan bo’lib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinni susaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yapon fuqarolari missionerlik faoliyati bilan shug’ullanish erkinligini beruvchi modda ham bor edi.Agar Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy Yaponiyaga to’la ravishda bo’ysundirilar edi.
AQSh Yaponiyaning Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi. Shu maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam ko’rsatdi. 1915 yil mart oyida AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan qo’yilgan talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.
Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga o’z javobini aytishga shoshilmas edi.Buning sababi o’laroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qator joylarda o’z qo’shinlarini kuchaytirdi.
Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi yapon-german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini so’radi. Buning javobi tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning Xitoyga nisbatan ultimatumi e’lon qilindi.Unga ko’ra agar Xitoy Yaponiya qo’ygan talablarga rozi bo’lmasa, unda Yaponiya o’zi joiz deb bilgan istalgan chorani qo’llashini aytdi. Ammo Amerikaning aralashuvidan hadiksirab Yaponiya beshinchi gurux talablaridan voz kechdi. Faqatgina Funczyan provinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.
AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi bo’ldi. Ammo na Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida Yaponiya bilan janjallashishni istamas edi. 8 may kuni Xitoy ultimatum shartlarini qabul qildi.
Oradan bir necha kun o’tmasdan AQSh Tokioga shuni habar qildiki, AQSh hukumati Xitoy va Yaponiya o’rtasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu shartnoma AQSh manfaatlariga to’gri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma millatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh amalda Xitoyga yordam berish uchun hech qanday choralar qo’llamadi.
Birinchi jahon urushining yakunlanishi
Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur bo’ldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda Brest-Litovsk shaxrida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta mavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy Yevropani o’z nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-ovqatidan foydalanish, o’zining barcha qurolli kuchlarini g’arbiy frontda to’plashga erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar, tomonlarning hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi. Front chizig’ining har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiya soxillaridagi Nyu-Port shaxridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va Verdengacha cho’zilgan edi.Ko’plab qurbonlar berilishi va zaharlovchi moddalar hamda tanklar singari yangi qurol turlaridan foydalanishga qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat qozonish uchun jon-jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi.
Germaniya qo’mondonligi jangni g’olibona ta’sirchan zarba bilan yakunlashga qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qo’shinlari Antanta mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib, Antanta qo’shinlari mudofaasini yorib o’tdilar va Marna daryosi sohillariga chiqdilar. Uzoqqa otadigan to’plar bilan Parijni o’qaa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa olmadi.Mamlakat holdan toygan, armayaning harbiy ruhi cho’kkan, xalq urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQSh dan to’xtovsiz yordam olib turardi. AQSh “shartnomaga qo’shilgan mamlakat” sifatida 1917 yil aprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma’lum bo’lib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda hujumga o’tadilar va nemis qo’shinlari bosib olgan Belgiya va Franciya hududidan siqib chiqara boshladilar.